Reklama uchun joy murojat uchun mirzayev-shavkat@mail.ru tel:+998 (91) 224 55 77

Суббота, 18.05.2024, 15:22

Siz kirdiz: Mehmon | Guruh: "Mehmon" | RSS
REKLAMA

Mini - ChaT
So'rovnoma
Do`stlariz ko`pmi
Всего ответов: 35
Biz bilan Aloqa
Sayt Admini:Shavkat

Sayt yurituvchilari:


Архив записей
Наш спонсор
Statistika
Проверка ТИЦ FastCounter
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Блог

Bosh sahifa » 2013 » Декабрь » 8 » 9-sinf
08:09
9-sinf

9-sinf
- Oyi, nima qilyapsiz? Kech bo`ldiku uxlamaysizmi? Soat ham uchdan o`tibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, o`zizni qiynamang, ertaga kun yorug'ida birgalashib tugatib qo`yamiz. - Qizim, sen uxlayver, men hozir bir pasda shuni tugataman-u uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan, shuni tugatsak ertalab azonda topshirib, puliga 2 ta yangi kelgan 'buxanka' non olib kelasan, xo`p qizim. Singling och uxlab qoldida.... - Yo`q, oyi nega, kechqurun hammamiz yahshi ovqatlandikku! - Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa sho`rva nima ham bo`lardi. O`qishingiz kerak, hali yahshi inson bo`lasizlar, katta odam bo`lsanglar dasturxonimiz yana to`kin bo`ladi, ha qizim? Singlingni och uxlab qolgani yahshi bo`lmadida, uxlaganinglardan so`ng ikki, uch marta uyg'onib oyi non bormi, ozgina non bering deb so`radi.... - ( Nima deyarimni bilmay qoldim, oilada 3 kishimiz, oyim, men va singlim. U hali maktabga ham chiqmagan, aqli yetmaydida hali, oyimdan ko`p narsa so`raydi, bilmaydida biz hamma kabi emasmiz. Dadamning o`zga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini, oyimning tunlari uxlamasdan to`n qavib chiqishlarini, bizni o`ylab siqilishlarini bilmaydida.... Bo`g'zimga o`t qadaldi, oyim ohirgi bir necha kundan beri tuzukroq tuz ham tortmasdan, uxlamasdan pul topish uchun harakat qilyaptilar, qani edi qo`limdan kelsa yordam bera olsam.... O`tgan kuni yig'lab o`tirgan ekanlar, qo`llariga nina kirib ketibdi, bu birinchi marta emasdi, qo`llari qavarib ketgan bu azoblardan. Aslida, bizni o`ylab siqiladilar, shu uchun yig'laydilar, garchi, dadang kelsalar hammasi yahshi bo`lib ketadi deb bizni ovutsalarda, o`zlarini o`zlari aldayotganliklarini biladilar, biz ham bilamiz dadam endi kelmaydilar, o`tgan 5 yil ichida u yerlarda yangi oilali bo`lib ketibdilar. Ey Hudo, tezroq men ham ulg'ayib oyimning og'irini yengil qilay).... - Singling yosh hali, uni xafa qilma, u senga eng mehribon inson bo`ladi, sizlar ham anchadan beri yahshi ovqat yemadinglar, ertalab yahshi nonushta qilib beraman, uxlay qol qizim.... - ( Ertalabki vaziyatni bir umr yodimdan chiqara olmayman, Oyim o`sha o`tirgan joylarida, qo`llarida nina, tizzalari ustida to`nning yeng qismi, bir bo`lakkina o`chay deb qolgan sham yorug'ida ko`zlari ochiq bir nuqtaga tikilib o`tirgandilar, yugurib bordim, qo`llari muzdek, etim jimirlab ketdi.... Ohirgi ayta olgan so`zim shu bo`ldi....) - Oyi, oyijon, ko`zizni oching. Men tez katta qiz bo`laman, faqat iltimos, bizni tashlab ketmang....

Ko`rildi: 448 | Qo`shdi: BamBiR | Reyting: 0.0/0
Hamma kamentariyalar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]