Reklama uchun joy murojat uchun mirzayev-shavkat@mail.ru tel:+998 (91) 224 55 77

Суббота, 18.05.2024, 15:22

Siz kirdiz: Mehmon | Guruh: "Mehmon" | RSS
REKLAMA

Mini - ChaT
So'rovnoma
Do`stlariz ko`pmi
Всего ответов: 35
Biz bilan Aloqa
Sayt Admini:Shavkat

Sayt yurituvchilari:


Архив записей
Наш спонсор
Statistika
Проверка ТИЦ FastCounter
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Блог

Bosh sahifa » 2013 » Декабрь » 8 » BOSHING TOSHDAN BO`LSIN
08:17
BOSHING TOSHDAN BO`LSIN

BOSHING
TOSHDAN BO`LSIN   Erta tong. O`g'il uydan chiqarkan ona duo qildi: "Ilohim taning sog', martabang ulug', boshing toshdan bO`lsin!" Shundog'am ishga kechikayotgan O`g'ilning biroz ensasi qotgan bO`lsada, yuzaki xayr-ma'zur qilib tashqariga chiqdi. Mashinasiga O`tirib ishga ketdi. Har kuni shu holat qaytariladi. O`g'il bir firma direktori. Yosh bO`lsada, topish- tutishi yaxshi. "Sog'ligimdan ham nolimasam, -O`ylardi yigit,- onam befoyda xavotir qiladilar". Ishdan keyin ulfatchilik, maishat, qizlar... Besh yoshda otasiz qolganida boshqa turmush qilmay, faqat uning uchun yashagan onasi esa yarim tungacha bedor, O`g'lini kutib O`tirardi. Allamahalda uyiga kirib kelgan O`g'il onasinining bedorligini kO`rib asabiylashardi: "Uxlayversangiz bO`lmaydimi? Mana, menda kalit bor. O`zim kira olaman uyga!" Ona hech narsa demaydi. "Onaning kO`nglini tushunmaysanda",- hayolidan O`tkazardi u. O`g'il onasini yaxshi kO`rardi. Onasi uchun hamma sharoitni yaratib bergan, tez-tez dam olish maqsadida sanatoriyalarga yuborib turardi. Shunda ham uylanishga ko`p ham shoshilmas, unga mana shunaqa hayot ma'qulroq edi. O`g'il onasi abadiy emas, bu dunyoda oddiy mehmon ekanligini unutib qO`ygandi... Bir kuni tongda ona odatdagidek O`g'lini duo qildi: "Ilohim taning sog', martabang ulug', boshing toshdan bO`lsin, bolam" "28 yildan beri shu gap",- hayolidan O`tkazdi O`g'il. "XO`p",- istamaygina jilmayib chiqib ketdi. Har kungi tashvishlar, kechqurun rostoranga joy buyurtirilgan. Xullas, yarim kechasi mast holda uyga kelgan O`g'il onasining xonasidagi chiroq odatdagidek yoniq ekanligini kO`rdi. Faqat endi uni hech kim kutib olmadi. Qon bosimi kO`tarilgan ona O`g'ilni kutib-kutib jon bergandi... Onasini dafn qilgachgina O`g'il bu dunyoda eng katta boyligini yO`qotganini tushundi. Biroq endi kech bO`lgandi. Vijdon azobida qiynalib ichkilikka mukkasidan ketdi. Shu asnoda jigar xastaligiga yO`liqdi. Kamiga shu bir oy ichida uning bu holatidan foydalanib yaqin odamlaridan biri tufayli firmasi kasodga uchradi. Unga dO`stman deb yurganlar ortidan pichoq sanchganida O`g'il aslida bu dunyoda nimaga erishgan bO`lsa bariga onasining duosi bilan erishganligini tushunib yetdi. Ichib mashinasida katta yO`l bO`ylab ketayotgan O`g'il chorrahaga yaqinlashar ekan, tormoz ishlamayotganligini sezdi. U qO`rqmasdi. Onasining kulib turgan chehrasini kO`z oldiga keltirarkan, kO`zidan bir tomchi yosh yuziga yumalab tushdi. "Kechiring",- pichirlardi yigit. U chorraha qarshisida katta tezlikda ketayotgan mashina rulini qO`yib yubordi va kO`zlarini yumganicha, ovoz chiqarib onasi har kuni aytadigan sO`zlarni qaytardi: "Ilohim taning sog', martabang ulug', BOSHING TOSHDAN BO`LSIN!"  

Ko`rildi: 745 | Qo`shdi: BamBiR | Reyting: 0.0/0
Hamma kamentariyalar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]