Reklama uchun joy murojat uchun mirzayev-shavkat@mail.ru tel:+998 (91) 224 55 77

Суббота, 18.05.2024, 14:49

Siz kirdiz: Mehmon | Guruh: "Mehmon" | RSS
REKLAMA

Mini - ChaT
So'rovnoma
Do`stlariz ko`pmi
Всего ответов: 35
Biz bilan Aloqa
Sayt Admini:Shavkat

Sayt yurituvchilari:


Архив записей
Наш спонсор
Statistika
Проверка ТИЦ FastCounter
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Блог

Bosh sahifa » 2013 » Ноябрь » 13 » Haqiqiy sevgi
09:19
Haqiqiy sevgi

Haqiqiy sevgiQachondir bir oqil va mo`min yigit o'ziga o'xshagan bir oqila qizni yaxshi ko'rib qolibdi. Yigit juda ziyoli, kelishgan, qiz ham o`ta sohibjamol qiz ekan. Bu sevgilari judayam mustahkam, sira ham bir-birlari bilan tortishishmas, janjallashishmas ekan. Nihoyat ota-onalari roziligi bilan ular unashtirilibdi. Lekin afsuski to'yga yaqin bir baxtsizlik ro`yberibdi. Qizning uyiga o`t tushibdi va qiz olov ichida qolib ketibdi. Harchand urinsalarda qizni qutqarib olishganda qiz bexush holda, tanasining ancha qismi kuyib bo`lgan holda edi. Qizni ming mashaqqat bilan davolatishibdi. Lekin qiz o`ziga kelib ko`zguga qaraganda yuzidagi chandiqlarni, tanasidagi jarohat izlarini ko`rib yig'labdi. U yigitni judayam sevarkan. Shuning uchun har jihatdan mukammal yigitga o`zini noloyiq deb hisoblabdi. Va keyin u yigitga turmushga chiqishdan bosh tortibdi. Yigit unga ko`p yolvoribdi, lekin qiz o`z fikrida qat'iy turib olibdi. Bu holdan keyin yigit betob bo'lib qolibdi. Bir-necha kun og'ir ahvolda yotib, keyin oyoqqa turibdi. Lekin baxtsizlik qo`sha kelarkan. Yigitning ko'zi ojiz bo'lib qolibdi. Buni eshitgan qiz yana o`yga tolibdi. Nihoyat u yigitga turmushga chiqib, unga bir umr g'amxo`rlik qilishga qaror qilibdi. "Mening og'ir holimda ham uylanish fikridan qaytmagan mehribon insonni men ham og'ir kunida tashlab ketmasligim kerak. Bas, u dunyoni mening ko`zlarim bilan ko`rsin",- o`ylabdi qiz. Chunki u yigitni judayam kuchli sevarkan. Yigitning taklifini qabul qilgach ular turmush qurishibdi. Ular uzoq vaqt baxtli hayot kechirishibdi. Vaqti soati kelib qiz hayotdan o'tibdi. Keyin bilishsaki yigitning ko'zi ojiz emas ekan. U shuncha vaqt dunyoni o`z ko`zlari bilan ko`rib yashagan, qizning iztirob chekmasligi uchun bu haqda hech kimga bildirmagandi. Bu ishni esa o'z sevgisi uchun qilgandi. Chunki yigit ham qizni judayam qattiq sevardi.

Ko`rildi: 728 | Qo`shdi: BamBiR | Reyting: 0.0/0
Hamma kamentariyalar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]