Reklama uchun joy murojat uchun mirzayev-shavkat@mail.ru tel:+998 (91) 224 55 77

Суббота, 18.05.2024, 14:21

Siz kirdiz: Mehmon | Guruh: "Mehmon" | RSS
REKLAMA

Mini - ChaT
So'rovnoma
Do`stlariz ko`pmi
Всего ответов: 35
Biz bilan Aloqa
Sayt Admini:Shavkat

Sayt yurituvchilari:


Архив записей
Наш спонсор
Statistika
Проверка ТИЦ FastCounter
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Блог

Bosh sahifa » 2013 » Декабрь » 6 » Muximi bu emasdi…!
18:19
Muximi bu emasdi…!

Muhumu bu emasdi Go’dakligimda otam mani o’z qo’llari bilan ammamga topshirgan ekanlar. Boisi ammam Tangri tomonidan befarzand o’tishga maxkum etilganakanlar. Buning ustiga oilada ikkinchi qiz bo’lganim uchun balki otamning manga nisbatan mexr sarchashmalari qurib qolgandir. Muximi bu emasdi…! Tug’ilganimdan so’ng oradan bir yarim yil o’tgach Otam Ollox xuziriga rixlat qilibdilar. Padarimning vafotidan so’ng bevalik azobiga bardosh berolmagan onam ikkinchi marotaba turmushga chiqib opamni o’zlari bilan olib ketibdilar.Man esa o’z Onam tirik bo’laturib ammamning farzandiga aylanib qolaveribman…! Oradan yillar o’ta boshladi.Manga Onalik mexrini bergan ammamning uyida xech narsaga zoriqmay voyaga yetdim. Biroq yuragimda mani dunyoga keltirgan ayolga nisbatan nafrat tuyg’usi kundan kunga ortib borardi. Boisi Onam ikkinchi turmushidan xam farzand ko’rganlaridan so’ng opamning o’gay otasi uni o’z farzandi kabi ko’rmay xo’rlay boshlabdi. Opam 16 yoshga to’lganlarida esa uning nomusiga tajovvuz qilibdi. Onam bundan xabar topgan bo’lsalarda o’sha iflosning aybini berkitib xech nars bo’lmagandek yashashda davom etibdilar. Ikki o’rtada iffati g’uborlangan bechora opam qon yig’lab qolaverdilar.Fursat o’tib man xam balog’atga yetdim. Barchaga ma’lumki bo’yi yetkan qizi bor uyning ostonasi tinmay sovchilar tomonidan supiriladi. Mandan umivor bo’lib uyimizga kelgan ovchilar soni tobora ortib borardi. Natijada ammamning eri yaqin bir do’stining o’g’liga mani unashtirib qo’ydilar. U bola bilan ko’rishganimda biroz yoqmagandi. Biroq manga Ota onalik mexrini ulashgan insonlarning so’zini ikki qilolmay o’sha yigitga turmushga chiqdim. SHodiyona koshonasiga qadam qo’yar ekanman barcha malaklar singari yuragimda mittigina umid uyg’ongandi. Qalbimda kurtak ochgan ushbu umidni baxtli bo’lish umidi dib atagandim..! Biroq baxtga qarshi Ollox qadamimni sinovlar bilan siylay boshladi. Turmushimning dastlabki oylarida qaynonam o’ta sertakalluf xamda ibratli ayol obrazini maromiga yetkazib ijro etib berdi. Ammo oradan fursatlar o’tib esa o’zining asl qiyofasini nomoyon eta boshladi. Ro’zg’or ishlarimdan kamchilik izlar,bordiyu xatoga yo’l qo’ysam aybimni tushuntirmay jerkib tashlardi. Ba’zan esa xatolarimni o’g’liga aytib mani urdirardi.Xayotim tobora tubsizlik ummoniga g’arq bo’lib baxtsizlik sabolari dimog’imga chalina boshladi. Biroq sabr qilishda davom etardim. Chunki xar bir qizning xayoti turmushga chiqqanidan so’ng sinovlarga to’lib ketishini yaxshi bilardim. Qolaversa Onamning baxtsiz taqdiri mani xam boshimga tushishidan xadiksirab yashardim. Oradan fursatlar o’tib xayotimdagi zimistonlikni yog’du bilan yoritgan xushxabarni aytishdi. Kaltak singan vujudimda yangi bir xayot paydo bo’libdi. Ona bo’lishim xaqidagi ushbu xabar mani dunyodegi eng baxtli insonlar safiga qo’shdi. Boisi xar bir qizning xayotidagi asl ma’no uning vujudida paydo bo’ladigan mittigina go’dak deb bilardim. SHukurkim manga xam o’shanday baxt nasib etdi. Biroq farzand xaqidagi xushxabarni turmush o’rtog’imga aytganimda u nima deganini bilasizmi…? ,,Bolani oldirib tashab Onami xizmatini qigin. Xali yoshmiza nasib qisa yana ko’p farzandli bo’lamiza’’ Qaynonam xam o’glining fikrini ma’qulladi. O’sha kimsalardan bu tarzdagi vaxshiy so’zlarni eshitaman dib sira o’ylamagandim. Qanday qilib o’z farzandiga bunday noxaqlikni ravo ko’rish mumkin…? Nabiralik bo’lishni xoxlamasa nima uchun tug’maydigan kelin tushurmadi o’sha Xudo urgan uyiga…? SHu kabi savollar manga tinchlik bermasdi. Oxir oqibat bolani oldirish xaqidagi gap so’zlarni tutingan Ota onamga aytishga majbur bo’ldim.Ular mani o’sha ifloslar azobidan xalos etib o’z uylariga olib ketishdi. O’yladim..! Balki turmush o’rtog’im xatosini anglab yetib mani olib ketkani kelar…! Biroq uning siyratidan xam darak yo’q…! Birin ketin oylar o’tib Ollox quchog’imni mittigina qizaloq bilan siyladi. Uning ko’zchalariga termulganimda xasratlarim ado bo’lib vujudim taskin topardi. Kutdim…! Balki nabirali bo’lganini eshitib qaynonam bizni olib ketgani kelar…! Biroq u diydor o’rniga o’glini boshqa bir qizga uylantirdi. O’sha qizning xam boshiga mani kunlarim tushushini o’ylasam bechoraga raxmim kelardi. Nixoyat baxtsiz turmushimdan umidimni uzib yangi xayot boshlashga axd qildim. Qizalog’im 3 yoshga to’lganida esa taqdir xukmi sabab bir insonga ko’ngil qo’ydim. Biroq uning yoshi mandan kichikroq edi.Kun sayin unga o’rganib qolaverdim.Samimiy suxbatlar xamda sog’inchli maktublar oxiri ko’rinmasdi. Lekin bu xolat qachongacha davom etishi mumkin. Axir u bilan kelajakda bir butun oila bo’lish extimoli xomxayol edi xolos. Natijada ko’p o’tmay o’sha inson o’z maqsadini oshkor etdi. Nima sabab manga mexribonlik qilib yurganini bilasizmi…? Uning asl niyati mani zinoga boshlash ekan. Undan bu tarzdagi jirkanchli gapni eshitgach ko’nglim sovub ketdi. Naxotki tuyg’ular xirs oldida ojizlik qilsa..? Ajrashkan ayol bo’lganligim uning xayolida mani zino uchun eng munosib nomzod qilib qo’ygandir. To’shakka qilingan taklifni eshitgan zaxotim uning xayotini butunlay tark etdim. Naxotki man kabi turmush zarbidan aziyat chekkan ayollar ikkinchi marotaba sevish uchun noloyiq bo’lsa..? Nima uchun xirs insonlar ko’zi bunchalik ko’r qilib qo’ygan…? Mana jonim ardog’ida ulg’aytirgan qizalog’im xam 4 baxorni qarshiladi. Uning kelajagi xaqida o’ylasam vujudimni titroq bosadi. Otasiz o’sayotgan qizim man kabi baxtsiz bo’lib qolishdan qo’rqib yashayman. Ba’zan munisginamning jajji qo’lchalarini tutib xayol surib qolaman. Qani endi Tangrim bizni shunday saodat bilan siylaganida umrimiz xuzur xalovatda o’tgan bo’larmidi.Naxot o’zgalar kabi shirin xayot kechirishga xaqqim bo’lmasa…? Xozirda birgina o’y xayolimni egallab,yurak- bag'rimni ezib turadi.Mittivoyimning ma’yusgina siyratiga termular ekanman uning baxti uchun xam bu dunyoda baxtli bo’lgim keladi…! ! !

Ko`rildi: 445 | Qo`shdi: BamBiR | Reyting: 0.0/0
Hamma kamentariyalar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]