Reklama uchun joy murojat uchun mirzayev-shavkat@mail.ru tel:+998 (91) 224 55 77

Суббота, 18.05.2024, 14:49

Siz kirdiz: Mehmon | Guruh: "Mehmon" | RSS
REKLAMA

Mini - ChaT
So'rovnoma
Do`stlariz ko`pmi
Всего ответов: 35
Biz bilan Aloqa
Sayt Admini:Shavkat

Sayt yurituvchilari:


Архив записей
Наш спонсор
Statistika
Проверка ТИЦ FastCounter
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Блог

Bosh sahifa » 2013 » Ноябрь » 13 » SOG'INCH
09:16
SOG'INCH

Sog`incha Seni eslasam...eslasam...e-eh... Sensizlikning har bir lahzasi dilim o'rtaydi, yuragim larzaga soladi. Har daqiqa visoling qo'msab diydoringa oshiqaman... Har gal sen bilan uchrashsak men kabi quvonching olamga sig'maydi. Shodlikdan porlagan gul yuzlaring, muhabbatdan sevingan ko'zlaring entikkan yuragimni junbushga keltiradi... Bir biriga qadalgan nigohlarimiz o'z domiga tortib kiprik qoqmaymiz...Termulasan...termulasan... Ko'zlaring kula boshlaydi. Bilaman qalbim sadosini eshitayotganingni. Ichimga sig'may ketayotgan hislarimni eshitayapsanki ko'zlaring kulib quyadi...Shu ko'yi uzoq termulamiz... Ko'zlaringdagi quvonch o'rnini mayuslik egallay boshlaydi. Nega? Ko'zlaring namlana boshlaydi. Nega? "Yoningdaman, nega yig'laysan?" "Visol onlarimiz tugab boryapti" deysan. "Yonimdasizu sizni yana sog'inayapman"deysan. Ko'zlaringdan yosh sizg'ib gul yuzinga tomadi. "Voy o'zimni yig'loqqinam-ey..." tomchilagan ko'zyoshlaringni artib quyaman, "Nasib etib hali ko'p uchrashamizku gulim"... Har safar xayrlashganimizda ko'zyoshlaring-la dilimni poralab ketasan... Seni eslayman. Battar sog'inaman... Bu kechayam yarim tundan o'tib ketdi. Nega uxlolmayapman..? Ana tashqarida engil shamol turdi. Yomg'ir maydalab yog'a boshlaydi. Deraza oldiga borib o'tiraman. Xayollarim esa yana sen tomon shoshadi... Qiziq, hozir senam deraza oldidamikin?! Ha,bu aniq...Aniq bilaman uxlamayotganingni... Esingdami bir safar uchrashib yomg'irda qolganimiz... Kulaman... Balki senam kulayotgandirsan eslab... "Ketib qolaylik sharros qo'ymasidan" deymiz. "Ana hozir ivib ketamiz" deymiz. Lekin qimir etmaymiz. Qo'llarimiz qo'yib yuborishmaydi...Ro'moling ostidan bir tomonga oshib tushgan soch tutamlaring namiqqani... Gul yuzingdagi yomg'irning mayda tomchilari... Qo'yib yubormasdim seni. Senga qarab tuymasdim...Eslasam... Tashqarida maydalab yomg'ir yog'ayapti... Ehtimol yomg'ir bu kecha tinar... Lekin muhabbatim tinmaydi. Yomg'ir to'xtar... Lekin sog'inchim to'xtamaydi... Seni eslasam...

Ko`rildi: 431 | Qo`shdi: BamBiR | Reyting: 0.0/0
Hamma kamentariyalar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]