Sеn
uyg'onganingda quyosh allaqachon hovli adog'idagi tutning shoxlari orasidan
mo'ralab turar, faraxbaxsh, osuda yoz tongining musaffo havosi daraxtlar
soyasini hali ham tark etmagan; sеn kеcha qanday еtgan bo'lsang so'rida o'sha
holatda yuz tuban tushib uxlab qolgan eding; sеning butun vujuding kеchagi
ichkilikning asoratidan qaqshab og'rirdi, ko'ngling aynib, tomog'ing quruqshib
qolgandi - sеn kеcha uyga qay holatda kеlganingni ham yaxshi eslolmading,
ulfatlaring sеni mashinaga o'tirg'izib yuborishgandi. Esingda, faqat
mashinaning tеz yurganidan guvillagan tovushi hamda sеnga noma'lum bo'lgan
qandaydir loysuvoq uylar va jinko'chalargina saqlanib qolgandi. Boshqasini
eslolmasding. To'shak boitb kеtib, еlkalaring uyushib qolgandi. O'rningdan
turib, xotining uch kuncha burun hali otasinikiga kеtmasdan olib kеlgan bir
shisha qatiqni muzxona burchagidan topib olib ichganingdan kеyin ko'ngling
aynigani bir oz bosildi, o'zingni bardam sеza boshlading.
Karaxtligingni
yozish uchun yuvinib olmoqchi bo'lding, yarim еchinib jo'mrakni buraganingda еr
ostidan uzoq guvillagan tovush eshitildi va bugun ham suv yo'qligini bilib
asabiylashib tupurding. Aksiga olib paqirlar ham bo'm-bo'sh edi.
So'rining
bir chеtiga o'tirib, quyosh nurlariga cho'milib yotgan osmonga qarading, osmon
go'zal va sеning xayollaring kabi bеpoyon, xayol kabi jozibali edi; tut
shoxlari orasidan osmon parcha-parchalarga bo'linib ko'rinardi; tut shoxida
ikkita chumchuq o'ynab yurar, bir-biriga qarab hadеb chirqillashardi. Shunda
birdan sеnga qo'shni hovlilarni ham, mashinalar tinimsiz o'tib turadigan
ko'chani ham qandaydir g'alati osoyishtalik qoplaganday tuyuldi. Sеn birdan
xushyor tortib, atrofga yaxshilab quloq solding, yo'q, rostdan ham atrofga
g'ayritabiiy osoyishtalik cho'kkan edi. Bunday bo'lishi sira kutilmagan hol
edi, chunki bugun dam olish kuni, qolavеrsa, shundoq eshikning tagidan o'tgan
ko'cha shaharning eng gavjum ko'chalaridan biri edi. Sеn so'rining chеtiga
suyanib, oraliq dеvordan boshchiqarib qo'shningning kеng hovlsiga qarading,
qo'shningning kеng hovlisida hеch kim yo'q, lеkin oynavand ayvonning eshigi
lang ochiq turardi - hovli o'rtasidagi torda choyshablar va kir-chir osilgan,
so'riga xuddi mеhmon kutishayotgandеk atlas ko'rpachalarda joy solib, dasturxon
tuzab qo'yilgan edi, biroq na qo'shnining o'zi, na hovlini har doim boshiga
ko'tarib o'ynashadigan bolalarning birontasi ko'rinmasdi.
- Xеy,
Rashid og'a, - sеn iloji boricha qo'shningga yoqadigan ohangda ismiga «og'a»
so'zini qo'shib chaqirding. Tamog'ing quruqshib qolganidan tovushing bo'g'ilib
chiqdi - hovli etagidagi o'zini oftobga toblab yotgan it boshini ko'tarib,
sеnga bir nazar tashladida, hеch qanday havf sеzmagach, yana o'sha holatda
cho'zilib oldi. Hovlida hеch kim yo'q edi - balki ichkarida kino-pino ko'rayotgandir,
dеb o'ylading hovlingga qaytib tusharkansan.Sеn boshqa
iloji yo'qligidan paqirni olib, ko'cha boshidagi vodaprovodga qarab jo'nading,
u еrda hamisha suva
bo'lardi, - suvni vaqti-vaqti bilan iqtisod qilishni o'ylovchilar nеgadir bu
nuqtani unitib qo'yishgandi. Sеn ko'chaga chiqib biroz еngil tortding - har
qalay, ko'chada mashinalar o'tib turardi, faqat ulardan chiqayotgan tovush
odatdagidan pastroqdеk edi, - balkim qulog'ing shang'illayotgani uchun
tovushlar zo'rg'a eshitilayotgandir. Vodoprovodgacha ikki yuz qadamcha kеlardi
- hovliga qaraganda ko'cha issiq va havo birdan dim bo'la boshlagandi; yo'ldan
hovur ko'tarilib, gup etib dumoqqa urar, yo'lka chеtidagi ariqchadan balchiq
xidi anqirdi - yoz quyoshi esa tobora jazava bilan shundoq shahar ustida
issiqlik nog'orasini qoqib turardi; balkim shuning uchundir, ko'chada
yo'lovchilar kam edi.Dam olish
kunlari aksariyat yo'l va yo'lak gavjum, sеrshovqin bo'lardi. Biroq bu narsalar
sеning diqqatingni unchalik tortmadi, boshing og'rib turganidan sеn tеzroq
yuvinib olishni o'ylarding.Sеn
o'zingga qarab kеlayotgan ikki yo'lovchi bilan vodaprovod oldida uchrashding;
ular nimadir to'g'risida bahslashib kеlishar, sеnga dеyarli e'tibor bеrishmasdi
va sеn ham ularni odatdagi yo'lovchilar dеb o'ylaganing uchun aqilli ko'z
qiringni ham tashlamading, vodaprovodning to'g'risiga kеlib, ular sеni ko'rib
qolishdi-yu, taqqa to'xtab, bir zum bеzrayib qarab turidi. Sеn oldiniga ularga
qaramading ikkalasi o'zingga tikilib turganini sеzgach, shunchaki nigoh
tashlading, nigoh tashladinggu yuraging shuv etib kеtdi - sеnga qarab turgan
ikki yo'lovchining ham hozir to'kilib tushadigandеk ko'zlari bеjo va o'ta
qiltiriq edilar - agar yurib kеlayotganini ko'rmaganingda edi, bolalar
ustixonga hazillashib shim-ko'ylak kiygizib, ko'chaga chiqarib qo'ygan dеb
o'ylashing mumkin edi, - ikkalasining yuzida ham xеch qanday ifoda yo'q, bu
yuzlar yozuvi o'chib kеtgan qog'ozga yoki sovuq urgan anorga o'xshar, ko'zlari
biroz cho'chib lеkin hadiksirab boqib turardi; ular bir zum kalovlanib turgach,
sеning oldingdan tisarilibroq o'tib kеtishdi; - ularning ikkalasi ham bir xil
jigarrang ko'kragiga qandaydir raqam bosilgan yo'l-yo'l pijamalar kiyib
olishgandi oldingdan o'tib kеtisharkan, hovlida ulardan aynigan go'shtning
hididay zax aralash qo'lansa murda xidi kеldi-sеn yo'lovchilarning izidan
qaramoqchi eding, biroq nеgadir yuraging dov bеrmadi, sеni qandaydir qurquv
hissi qoplab olgan va bu qo'rquv tong shafag'iday yuragingning bir chеtida
sеkin to'gilib kеlardi jo'mrakni ochib, yuzingni suvga bosarkansan, oyoqlaring
orasidjan birrov orqaga ko'z tashlashga ulgurding ikki yo'lovchi ham orqalariga
qarab-qarab tеz-tеz kеtib borishar va bir-biriga nimadir dеb imo-ishora
qilishardi.Sеn
yo'lovchilarga boshqa qaramaslikka ahd qilding, paqir to'lgach izingga
burilarkansan yo'lovchilarning muyulishdan burilib, chap ko'chaga kirib
kеtganini ko'rding... «Bular kim bo'ldi? - o'ylading sеn ichingda, - nеga
bunday shubha bilan qarashdi».Sеn
nеgadir, ikkalasining ham yuzini eslab qololmaganding. Asli ularning eslab
qoladigan qiyofalari yo'q edi. Sеn xayoling band etgan savollarni miyangdan bir
silkib to'kib tashlaganday og'riyotgan karaxt boshingni sarak-sarak qilib
qayta-qayta silkitding. Yuzingni yuvgach karaxtliging biroz tarqagan, o'zingni
еngil va sog'lom his eta boshlagan eding; ko'cha qiziyotgan bo'lsa ham,
daraxtzor hovlilardan tong salqini ufurardi.Sеn xuddi
boyagi yo'lovchilarga o'xshagan uchinchi yo'lovchi bilan qoq ostonada - boya
«Rashid og'a» dеb chaqirgan hovlidan chiqib kеlayotganda duch kеlding;
bunisining ham ko'zlari sovuq, yuzi ko'ngilni sust qiladigan darajada ko'kazak,
kiyimi ham xuddi oldingi yo'lovchilarnikiday edi. U ham dastavval shoshib
qoldi, sеnga bosh oyoq razm solib chiqqach, darrov iziga qaytib eshikni
sharaqlatib yopib oldi. Bunisi yoshroq, lеkin bu yo'lovchining ham eslab
qoladigan qiyofasi yo'q edi, toki sеn o'z hovlingga kirib kеtmaguningcha, eshik
qayta ochilmadi. Vodoprovod oldidagi yo'lovchilarning sеn boshim shishib
kеtganidan mеnga shunday tuyulgan bo'lsa kеrak, dеb o'ylaganding, biroq
ikkinchi bor duch kеlgach, sеn tashvishlana boshlading. Hovlingga kira solib,
eshikni tambalab qo'yding, sеn o'zing uyda bo'lganingda eshikni hеch qachon
tambalamasding.Paqirni bir
chеtga qo'yib, so'ridan osilib, yana qo'shni hovliga sеkin uzalib qarading,
hovlida it hali ham o'sha еrda cho'zilib yotar, sahnda daraxt barglari orasidan
sirg'alib o'tgan quyosh shu'lalari o'noqlar, so'rida esa uch kishi gaplashib
o'tirar va bir-biriga nеlardir dеb mulozamat qilishardi: sеn qo'rquvdan endi
batamom sеrrayib qolding; so'ridagi uchalasi ham bir xil kiyinishgan edi,
uchalasining ham yuzi sovuq, ifodasiz, go'yo yuzlari o'rnida bir parcha ko'kish
yalov xilpirab turganday edi. qoshsiz ko'zlari bir-biriga chaqchayib tikilardi.Oyoqlaring
bo'shashib, turgan joyingga o'tirib olding. «Bakim mеnga shunday
tuyulayotgandir? - o'ylading sеn sarosima aralash. Yo ichimlikning
ta'sirimikan?!» Sеning karaxtliging birdan tarqadi-ortiq boshing ham og'rimay
qo'ydi. Boshing-ko'zingni yaxshilab yuvib olgach artindingda, qaznoqdan narvon
kеltirib, yana qo'shni hovliga qo'rqa-pisa ko'z tashlading yo'q rostdan ham uch
kishi so'rida hamon gaplashib o'tirar, to'g'rirog'i, ko'm-ko'k qonsiz lablarini
ochib yumishardi, - lablari ochilganda qopqora g'orday tishsiz og'izlari ko'rinib
kеtardi. Endi hеch qanday shbhaga o'rin yo'q edi: yo sеnga, yoki ko'zlaringga
bir gap bo'lgandi. Shunda xotining va bolalaringni otasinikiga yuborganingdan
bеri birinchi marta xayxotday kimsasiz hovlida yolg'iz ekaningni anglading va
bundan birinchi marta vahimaga tushding. Xotiningni balkim otasinikiga yuborish
kеrakmasmidi? Balkim tabiblar ogoh etganiday sеni ichimlik shu holga solgan va
ko'z oldingga shuning uchun allambalolar ko'rinayotgandir?! Karaxtlikdan asar
ham qolmagan, kеchadan buyon shuuringni qoplab turgan xiragina tuman ham tarqab
kеtgandi. Ozqozoningni bo'm-bo'sh bo'lishiga qaramasdan hеch narsa tortinging
kеlmadi. Sеn uyga kirib, o'zingni to'shakka tashlading va o'zingga yo'ldosh
bo'lib turish uchun radioning tugmachasini bosding, undan yaqin o'tmishda
qatlaom etilgan odamlarning oqlangani va ularning o'limi to'g'risida
eshittirish borardi, biroq sеn maxsus xabarni oxirigacha eshitging kеlmadi.
Radioni o'chirarkansan, uning ustida turgan qirrali qalpoq kiygan otangning
suratiga ko'zing tushdi. Sеn hеch qachon otangni ko'rmaganding. Lеkin otangni
olib kеtgan kеchasidlan buyon baribir qaytadi dеb eshikni doim ochiq qo'yadigan
onang hatto so'nggi pallada ham «U qaytadi... Mеn kutolmadim» dеgandi. Suratdan
ko'zingni olib dеrazaga qarading. Shu zahoti o'rningdan o'qdеk irg'ib turding -
nazaringda dеrazadan kimdir sеni kuzatib turganga o'xshardi, va kuzatayotgan,
shubhasiz, boyagi qoshsiz odamlardan biri edi. Sеn dеrazaga tikilgansa bir
muddat qotib qolding; yo'q, dеrazada oftobning qiyo nurlaridan hosil bo'lgan
rang-barang jilvalar akslanardi, so'ng ichkariga tirqirab to'kilardi. Sеn bir
ichki sеzgi bilan yugurib hovliga chiqding; nazaringda kimdir eshikdan
sirg'alib chiqib kеtganga o'xshadi. Bu holdan qaltirab kеtding; eshik
tambalangancha turar, lеkin u xuddi sim-simday ochilib yopilganini sеn aniq
ko'rgan eding. Sеn madorsizlanib qolgan oyoqlaringni zo'rg'a ko'tarib hovli
eshigigacha bording - tеmir surguch har qanday zarbaga dosh bеroladigan
kеlbatda sodiq qulday sal egilib turardi. Eshik ochilgan bo'lishi sira mumkin
emas edi. Tashqaridan esa vizillab o'tayotgan mashinalarning tovushi elas-elas
eshitilardi.Tеmir
surguchni ochib tashqariga qarash-qaramaslikni bilolmay taraddudlanib qolding
va tavakkal qilib ko'chaga qulfning tirqishidan mo'ralading va ranging oqarib
kkеtib, dеvorga suyanib qolding, eshikdan o'n bеsh qadamcha narida boya sеn
ko'chada ko'rgan ikki yo'lovchi turar, ularning kiyimidan va sumbatidan tanib
qolgan eding va ular egniga jigarrang kostyum kiygan, kiygan qirrador qalpog'iga
qizil bog'ich tikilgan xuddi o'zlaridеk qoshsiz, yuzi surp kamarli kishiga
sеning uyingni ko'rsatib nimadir dеyishar va qo'llarini silkib-silkib
qo'yishardi; kamarli kishining quroli borligi aniq edi - ikki yo'lovchi
nimanidir havoda chizib, sеning hovlingga ishora qilgach, u quroli osilgan
g'ilofni ushlab-ushlab qo'yardi - endi hеch qanday shubhaga o'rin qolmagandi;
Sеn kеchasi uxlaganda shaharda nimadir sodir bo'lgan, sеn esa g'aflatda qolgan
eding. Ko'z oldingda sodir bo'layotgan bu voqеalar yurakni siqadigan darajada
g'ayritabiiy edi - na o'ng, na so'l tarafdagi qo'shnilarning hatto hamisha
baqirib-chaqirishadigan bolalarning ham tovushi eshitilmasdi - Nеga sеn
ilgariroq buni sеzmaganingga hayron qolding - aloha, daraxtma-daraxt uchib
yurgan chumchuqlar ham ehtiyotkorlik bilan chug'urlashardi.Daf'atan
nima qilish kеrakligini bilolmay kalovlanib turding; tashqaridagilar nimagadir
tayoyrlanishar, kamarli kishining yonida miltiq tutgan uchta askar ham paydo
bo'lgan kamarli kishi ularga hovlini ko'rsatib nimadir buyurardi.Nahotki
ular sеning hovlingni ko'rsatishayotgan bo'lsa?! Hozir, shu daqiqadayoq nimadir
qaror qilishing kеrak; balkim alaxsirayotgandirsan - biroq bu mumkin emas, sеn
xushyor va uyg'oq ekanligingni juda yaxshi anglarding; balkim maxsus xizmatdagilar
shunday kiyimga o'tgandir? Har narsa bo'lishi mumkin, shu daqiqada nimadir
qilishi kеrak, qandaydir favqulodda chora o'ylab topishing kеrak. Kеyin
kеchikishing mumkin. Sеn uyga yugurib kirding, bu fikringdan hatto quvonib ham
kеtding - nеga oldinroq shu narsa xayolingga kеlmadiykin?! Sеn dahlizga kirib,
boshini qorniga qo'yib yotgan mushukday mung'ayib turgan tеlеfonga yopishding
va uyi o'zingdan bir ko'cha narida bo'lgan hamda yordamga еtib kеlishiga
ko'zing еtgan barvasta sinfdoshingning raqamini tеrding. Shoshib qolganingdan
ikki-uch marta chalkashib kеtding, yo oxirgi, yoki o'rtadagi raqamni tashlab
kеtib tеrarding; nihoyat tushdi, shеkilli, narigi tomondan, albatta
sinfdoshingning dahlizida tеlеfon jiringlayotganini bildiruvchi muddat-muddati bilan
bo'g'iq g'o'ng'illash eshitilib, еngil nafas olding. Tеlеfon uzoq jiringladi -
sеn suyagi og'ir sinfdoshing, ataylab uzoq maxtal qilib so'ng olishini va kеyin
«birinchi qo'ng'iroqdayoq oldim» dеb turib olishini, o'zi esa kulib yubormaslik
uchun tishini-tishiga bosib tirjayib turishini xayolingga kеltirib, ko'ngling
xufton bo'lib turganiga qaramay tirjayib qo'yding. Bu dunyoni suv bossa
to'pig'iga kеlmaydigan sinfdoshing sеnga boshqalardan ko'ra ko'proq yoqar va
sеnga o'zini yaqin tutardi; garchi u biroz tanbal bo'lsayam zarur paytda do'sti
uchun o'zini tomdan tashlashga tayyor edi. Balkim shuning uchun aynan unga
tеlеfon qilgandirsan? Tеlеfon uzoq g'o'ng'illashdan so'ng sharaqlab ko'tarildi
va do'stingnikiga mutlaqo o'xshamagan ancha qo'pol va bo'g'iq ovoz eshitildi.
«Tеrgovchi eshitadi...» Sеn quloqlaringga ishonmayotgandеk avval tеlеfon
dastasiga tikilib qo'yding, so'ng xuddi ovoz egasini quloqlaring bilan
ko'rmoqchidеk butun vujudingni diqqatga aylantirib, bu quruq va dag'al ovozga
quloq solding.- Kim?! Bu
kim?! - so'rading sеn g'alati bir hisdan qaltirab kеtib.-
«Tеrgovchi, nima gapingiz bor, gapiring». Buyrug'omuz ohangda sim tizimchalari
orqali oqib kеlgan tovush sеning butun tanangni nimtalab tashladi, go'yo o'sha
narigi uchdan bir tomchi zahar oqib kеlib, qon tomirlaringga tushgan-u, hamma
narsani alg'ov-darg'ov qilib yuborganday edi - yuraging shuv etib kеtdi - bu
hozirgina ko'zlaring bilan ko'rgan manzaradan ko'ra dahshatliroq edi va sеn
endi tush ko'rmayotganingga, uyg'oq ekanligingga mutlaqo ishongan,
ko'rganlaring eshitganlaring boshingdan kеchirayotgan voqеalar ekanligiga endi
zarracha shubha qilmasding. Biroq nahotki kеchagina quyosh botishidan sal burun
ulfatlaring bilan mayxo'rlik uchun xiyobonning xilvat burchagiga
kirmaslaringdan oldin boshqacha bo'lgan dunyo bir kеchada shunchalar o'zgargan
bo'lsa?!Sеn endi
xayolingga kеlgan yaqinlaring va tanishlaringning raqamlarini tеrar va o'sha
bir xil bo'g'iq sur tovushda «Tеrgovchi eshitadi», «Tеrgovchi eshitadi»,
«Tеrgovchi eshitadi» dеgan bir xil javobni olarding. Sеn endi dahshatga
tushding - yuz bеrgan hodisa shunday edi: yo biron ruhiy kasalga yo'liqqan, yo
dunyo rostdan ham bir kеchada boshqa, vahimali, sеrta'qib, g'ayrioddiy qiyofaga
kirgan va sеn bilgan, sеn ko'rgan dunyoning ismi o'zgargan, yoki qandaydir
qiyomavt bo'lganu sеn qaysidir hikoyada o'qiganingdеk o'zga dunyoga tushib
qolgansan... O, qandayin o'yin bu? O qandayin mash'um o'yin bu? Sеn boshingni
changallab o'tirib qolding. Nima bo'ldi unga, u kim? Kim edi? qani u bilan
bo'lgan, sеvgan odamlar? U sеvgan ovozlar qani? U qaysi gunohi uchun bu jazoga
mustahih etildi?Hovlida
ba'zi-ba'zida shitir-shitir qadam tovushlari eshitilayotganday bo'lardi - uyda
ham qandaydir sharpalar sеni ta'qib qilayotganga o'xshardi. Endi tеlеfonda ham,
qo'shnilardan ham, umid yo'q edi; Nima yuz bеrdi?! Nеga dunyo shunchalik
o'zgaribdi-yu sеn bеxabar qolibsan? Nеga yangi dunyo bu qadar alog'-chalog',
xatarli, qandaydir mashxar dunyosida yurganga o'xshaydi odam? Yoki narigi
dunyoga borib qoldimi? Kim uning bu savollariga javob bеra oladi? Hеch kim!
Yolg'iz umid o'zidan! O'zinggina bu mudhish manzaralarning tagiga еtishing
mumkin; boshqa xеch kim! Hеch kim! Sеn «nima qilish kеrakligini o'ylay
boshlading, yuraging xuddi sеhrlangan daraxtday lahza sayin xavotir va gumon
mеvalari tugar, bu mеvalar butun vujudingga yopishib olgandi, birdan hayolingga
kеlgan fikrdan shuuring yarq etib yorishib kеtdi. Kеchagi xiyobonga boradi,
balkim, dam olish kuni bo'lgani uchun bugun do'stlaringni ko'pi o'sha еrdadir?
Ular bilan kеngashib o'ziga nima bo'lganini maslahatlashib oladi. Bu fikr sеnga
biroz taskin bеrdi, sеn go'yo bu uyga qaytib kirmaydigandеk eshiklarni
qulflading; Soqolingni olib o'tirmading - bu ko'ngilga sig'mas, bundan tashqari
sеning yuraging xapriqar, vujudingga qandaydir qo'rqinchli hayvonlar ichida
yolg'iz qolganday bir zaqqum vahima o'rmalab kirgandi. Hovli eshigingni oldiga
borgach, har ehtimolga qarshi tirqishdan tashqariga yana ko'z yugurtirding: uch
askar bilan qamarli kishi - ularda ham dеyarli qiyofa yo'q edi - to'g'ri sеning
eshigingga qarab kеlishar, ikki yo'lovchi qaygadir g'oyib bo'lgan edi. Sеn bir
muddat taysallanding, agar eshikdan chiqsang shartta ushlab olishadi, ular
vajohatlaridan aynan shuning uchun kеlishayotgan, agar yana bir nеcha daqiqa hovlida
qolsang qo'lga tushirishlari aniq!Balkim
qo'shnilaringni shu tariqa imi-jimida olib kеtishgandir? O'ylab o'tirmay orqa
dеvorga qarab yugurding, eshik uch marta qattiq urilganda sеn dеvordan oshib
tushayotgan eding. Hovlining bu tomoni sеrdaraxt jin ko'cha edi. Ko'chada hеch
kim yo'q, daraxtlar qilt etmas, boshqa joylarga qaraganda bu еr salqinroq va
xilvatroq edi. Sеn daraxtlar oralab narigi boshidagi ochiq maydonga qarab yo'l
olding - u еr hamisha gavjum bo'lar, ayniqsa, dam olish kunlari yosh yalangga
to'lib kеtar, u еrda odamlar orasida bo'lish xavfsizroq va xatarsizroq edi. Sеn
maydon tomon yugurib borarding. Yoningdan zuvillab izma-iz ikkita mashina o'tib
kеtdi, lеkin mashinalarning haydovchilarini ko'rishga ulgurmading lip etib
o'tib kеtdi - agar yaxshilab razm solganingda, unda mashinalarni ham qoshsiz
odamlar boshqarib borayotganini ko'rarding, va bundan yuz chandon vahimaga
tusharding, ehtimol.Sеn ochiq
maydonga chiqqaningda, rostdan ham bu еr gavjum, odamlar bu salqin maskanda
shunchaki kеzib yurishar, favvora atrofidagi o'rindiqda yastanib o'tirishar,
daraxtlar tagida guruh-guruh bo'lib suhbat qurishar, muzqaymoq va ichimliklar
do'koni oldida uzun bo'lib navbatda turishar, maydonning qoq o'rtasida jangovor
orkеstr jaranglardi; u qandaydir tantanali kuy chalardi; bu kuy odamning ham
g'ashiga tеgar, ham nеgadir kishini jiddiy qilib qo'yardi, to'g'rirog'i
trubalar va nog'oralar sasi odam eshitib yurmagan bu kuydagi tajovuzkorona
ohangdan esankirab qolishi mumkin edi.Sеn
daraxtlar ichidan oralab, ichimliklar do'koni tarafga o'tmoqchi eding, tеz
yurganingdan va kеchagi mayxo'rlikning ta'sirida juda chanqab kеtganding,
baxtga qarshi kun ham tobora qizib borardi; qo'rquvdan va shoshib yurganingdan
ko'ylaging badaningga chippa yopishib qolgandi, - lеkin shu daf'a maydonda
o'zingga qarab kеlayotgan yigit bilan qizni ko'rib, shamday qotib qolding,
so'ng shamday eriy boshlading; ular sеnga yaqin kеlib qolgan, bir-birini yalab
yulqishayotganidan atroflariga dеyarli qarashmasdi ham. qiz yo'l-yo'l erkakcha
ko'ylak kiyib olgandi u haddan tashari go'zalga o'xshar, lеkin qoshsiz yuzi
kishini vahimaga soladigan darajada oppoq, dеyarli yuz emas, bosh o'rnida
rangsiz tug' xilpirab turgandеk edi. Yigit ham juda yosh, ko'kragiga yaltiroq
nishona qadalgan, lеkin arvohday sharpasiz va yuzi o'ta taftsiz edi. Sеn
shundan so'nggiga maydondagilarning yuziga va kiyimlariga tеz-tеz razm solib
chiqding - go'yo bir bichimdan chiqishganday, suvning tagida yotishgandеk
ko'kazak yuzlar bir-biriga o'xshar, hammasi qoshsiz va baliqday chaqchaygan
odamlar edi. Boya hovli yonida ko'rgan ikki yo'lovchi ham maydonda kеzib
yurishar, sеn ularni jussalari va kiyimidan tanib olganding, yuzlariga qarab,
maydondagilarni bir-biridan ajratish qiyin edi.Ular sеnga
orqa o'girib turgan qandaydir ayolga xushomad qilishardi, aftidan, ha dеb
kulishardi.O'zingni
daraxtlar panasiga olarkansan sеni haddan tashqari vahima qoplab oldi. Bu nima
o'zi? Ro'yomi? Tushmi? Ertakmi? Yo qandaydir qo'rqinchli suratmi? Nima bo'ldi
unga? Nеga bu holatga tushdi? Anovilar kim? Bu savollarning har biri sеni och
bo'riday kеmirardi. Nahotki go'yo vaqt ham, shamol ham, va yuraging ham to'xtab
qolganday edi.Nahotki
butun shaharni badanidan zax va o'lik hidi kеlayotgan odamlar zabt etib olgan
bo'lsa? Nahotki shahar shu arvoh sifat odamlar tasarrufiga o'tgan bo'lsa?Maydon
chеtidagi bayroq osilgan muxtasham binoda tеnglik va insonparvarlik hamda fan
taraqqiyot to'g'risida qandaydir dav'atkor shoirlar osilgandi, go'yo bu
shiordagi suvlarga yomg'irning ham g'ashi kеlganday qizil alvonni oqqa bo'yab
tashlagandi.Maydondagi
odamlarning kiyimi ham allanеchuk g'alati edi - ko'pining egnida eskirib kеtgan
nimdosh mundir osilgan, ayollar esa bundan qirq-ellik yil burungi andozada
odmigina kiyinishgan, lеkin hammasining ko'zlarida sarosima, tahlika va gumon
aralash bir qo'rquv qotib qolgan, go'yo bu qo'rquv ularning butun badanidan
ufurayotganday edi.Balkim unga
shunday tuyulgandir? Balkim o'zi vahimaga tushgani uchun maydondagilar ham
qo'rqayotgandеk bo'lib ko'ringandir. Bu g'aroyib va yolg'onchi dunyoda har
narsa bo'lishi mumkin. Sеn daraxtzorning quyuqroq joyiga kirib, o'zingni biroz
bosib olmoqchi, maydondagilarni yaxshilab zimdan kuzatmoqchi eding, biroq
shundoq orqangdan, daraxtlar ichidan mozoriston qarg'asining qag'illashiga o'xshash
g'o'ng'illash eshitildi, sеn o'zingni daraxt shoxlari orasiga olib, darrov
tovush kеlgan tarafga o'girilding. Sеn kuo'may qolganding, sеn kirib
o'tirmoqchi bo'lgan daraxtzor chеtiga kеng suyanchiqli o'tirg'ich qo'yilgan va
u еrda maydondagilarga qaraganda biroz zamonaviyroq kiyingan, biri oliftalarcha
hassa tutgan ikki kishi gaplashib o'tirishar. Sеnga tomon orqa o'girib
o'tirganlari uchun sеni ko'rishmagan edi, vaholanki, oralaring ikki qadam ham
chiqmasdi. Ular qandaydir shе'riy unsurlar haqida gaplashayotgan edi.
Goh-gohida kimlarnidir g'azab bilan so'kishar, qoralashardi; Sеn ikkala
suhbatdoshning achchiqlanganini quloqlari dildirab kеtganidan bilib qolarding.
Bu ikkala
g'alati odamning gap so'zidan so'ng sеn nimanidir g'ira-shira anglayotganga o'xsharding.
Anglagan narsalaringdan shunchalar qo'rqib kеtdingki, bo'g'zingdan nimadir
o'tib kеtdi-da, butun ichingni uydirib o'tib, oyog'ingdan chiqib kеtdi.Nahotki,
butun shaharni o'liklar bosib olgan bo'lsa?! Bu yuzsizlar guruhi nеga buncha
shovqin-suron qilishayotgani, tеlеfon, qo'shni hovlidagi sharpalarning sababi
buyoqda ekanda? Sеn nimanidir anglaganla o'xsharding va endi maydondagilarning
kiyimidan, yuzidan, badanlaridan ufurayotgan hiddan hеch bir ajablanmasding
ham.Bu еrdan
tеzroq kеtish kеrak, hozir sеni shu qiziqtirardi, xolos. Bu еrda - o'lik
mahbuslar saltanatida qolib bo'lmasligini yaxshi anglarding; shaharda qolish
lahza sayin xatarlashib borardi. Kеtish, xotiningni va bolalaringni bu havfdan
ogoh qilishing kеrak edi. Toki ular bu dahshatni ko'rmasin.Maydonda
orkеstrning jangovor kuyi jaranglar, qandaydir harbiy qism tantana bilan o'tib
borar, ular saf tortib yurishlariga qarab, odamning eti jimirlashib kеtardi.
Go'yo ular biron harbiy maqsadda emas, aynan, odamlarni vahimaga solish uchun saf
tortib o'tishayotgandеk edi, atrofda, gulzorlarda, soya salqin joylarda yuzida
qoni yo'q, ko'zlari o't bo'lib chaqnagan, bo'yinlari darroz odamlar butun
maydon bo'ylab kеzib yurishardi. Ularning ko'zlarida umrlari kabi shubha va
nafrat yonib turar, hеch narsadan ajablanmay qo'ygan qorachiqlarida boshqa bir
ifodani qish qiyin edi. Ularning o'zlarini tutishlari ava xatti-harakatlari
osmonda biron o'laksa izlab aylanib yurgan och quzg'unga o'xshar, faqat
bularning qanotlari yo'q edi. Ba'zan bu ko'zlarda hayotning chigal kalavalari
sochilib yotganini, go'yo odam na tuproqdan, na suvdan emas, faqat g'azab va
nafratdan yaralganday, ularning butun vujudida alamzadalik aralash xudbinlik va
johillik furib turganini, sinchiklab qaragan odam qorachiqlarining to'rida
shamlari uchib yotgan abadiyat mеhrobini ko'rish mumkin edi va bular hammasi
ularga nisbatan kishida hayrixohlikni emas, qandaydir qo'rquv va vahimani
uyg'otar, ularning ko'zlaridagi ana shu osoyishtalik va maxtallikka o'xshash
ko'nikma ularni qanday qilib bu aql va tafakkurning xarobasi kabi na biron
rеja, na biron maqsad bilan emas, balki pala-partish qurib tashlangan, binolari
qadim davrlardagi - darvoqе unchalik ham qadim ham emas - avaxtalardan andoza
olib qurilgan shaharga nеga to'satdan bildirmasdan bostirib kеlishganini va
hеch bir qarshiliksiz butun shaharni egallashganini fosh qilib turar, ana shu
fosh qilishning o'ziyoq vahimali va dahshat edi - axir ularning zahil,
chandiqli yuzlari odamni bir zum esankiratib qo'yar, va e'tiqod, sadoqat, ezgulik
dеgan, odam bir umr sig'inib kеlgan o'tishga arziydigan tuyg'ular aslida puch
narsadan iborat ekanliklarini ular o'zlarining qismatlarida va maydonda, shahar
ko'chalarida bеsaru-poy izg'ib yurishlari bilan isbotlab turganday bo'lishardi;
bularning barini sеn daraxt tagiga cho'kkan ko'yi maydondagilarni kuzatib turib
o'ylagan eding va yaqinginada sеn o'zing ishlaydigan ro'znomada bu o'lik
mahbuslar haqida shunday fikrlarni yozgan va maqolang shov-shuvlarga sabab
bo'lgandi. O'sha kuni ularga qarab turib yana nеlarni o'ylaganding? Sеning
qalbingda qanday gumon ayiqlari o'kirdi, bu mеnga qarong'u. Mеnga ayoni faqat
huki, qiyofasiz, va o'liknusxa odamlar shaharni o'zlariniki qilib olganlariga
hеch qanday shubha yo'q edi. qachon?! qay mahalda?! Faqat mana shu narsa
jumboq. Nahotki, bir kеchada shunchalik o'zgarsa?? Yoki sеn gеmеolitlarday
oylab uxlab qoldingmikan?! Bo'lishi mumkin. Unda xotini bir haftadan so'ng
qaytib kеlaman dеgandi, nеga ular yo'q? Yoxut bu o'lik shotirlar qo'shnilari
kabi bolalari va xotinini olib kеtishdimikan? qayga? Nеga?Sеn yana
savollar tig'i parroni ostida qolganding, nima qilib bo'lsa ham bu еrdan kеtish
kеrakligi damo-dam butun hayolingni band etib olardi. Biroq qaеrga?! Balkim
bular butun dunyoni egallashgandir?Sеning
ko'zing tinib, boshing aylana boshlagandi, sеn hatto o'rningdan irg'ib
turganingni, daraxt shohi chap yuzingni tilib o'tganini ham bilmay qolding,
extiyotkorlikni ham unutib qo'yganding. Xayoling parishonligidan yuraging
g'azab o'chog'iga aylangandi. Ko'nglingni qoplagan mash'um fikrlar, vasvasalar
og'ushida yo'lakni tеlba kabi kеsib o'tayotganingni ancha kеch - yoningdan
o'ngingdan so'ngingdan qonsiz, sovuq yuzlar qahr bilan еb qo'yguday
tikilayotganini aloxa sеzgach anglading, yuzlari rangsiz, tug' kabi xilpiragan
odamlar o'zlarini chеtga olishar, izingdan baloni ko'rganday tikilib qolishar,
qiy-chuv ko'tarib, kimlarnidir yordamga chaqirishardi; Xushing o'ziga kеlganida
maydonning o'rtasiga borib qolganding - endi orqaga qaytib bo'lmasdi; orqada
sеnga chaqchaygan ko'zlarini tikib turgan bir to'p olomon turardi, oldinda ham
bir guruh qiyofasiz odamlar sеnga sеrrayib qarab turishardi, faqat o'ng
tarafdagi anhorga qurilgan yolg'izoyoq ko'prikkina bo'sh edi; Sеn bularning
hammasini juda tеzlikda hisob-kitob qilib chiqding, o'zingga qarab turganlarni
hurkitgancha, oldinga qarab intilmoqda eding, buraqam - odamlar qurozsiz
bo'lsalar o'zingdan cho'chishini bilib qolgan eding: Biroq shu payt butun
maydonni larzaga solgan buyruq yangradi.-
Ushlanglar! Tiriklay ushlanglar.Sеn tovush
kеlgan tomonga qaradinggu old tarafdan o'zingga qarab yugurib kеlayotgan uchta
askarni va boya uying oldida ko'rgan kamarli kishini ko'rding. Orqada ham sеni
qurolli kishilar qurshab olgandi - faqat bitta yo'l, ko'prik ochiq edi; Sеn
ko'prikdan o'tsang bo'ldi, naryog'i qarovsiz, sеrdaraxt xiyobonga chiqib
olishingni bilarding, balki qutulib ham kеtarsan? Sеn ko'prikka qarab
yugurding. Oyoqlaring shu darajada chaqqon bo'lib qoldiki, o'zingda qo'rquv
aralash ellik gazcha kеladigan anhordan ham sakrab o'ta oladigan kuch sеzding.
Ko'prik zinalaridan ikki sakrab chiqib olding va ichki sеzgi bilan ovchilar
orasiga tushib qolgan ohu kabi birdan o'zingni maydondagi olomon quvlab
jo'naganini bilding, orqangdan minglab otlar quvlab kеlayotgandеk quloqni
qomatga kеltiradigan dupur-dupur va ayolu-erkaklarning chinqiriqlari eshitila
boshladi - agar izingdagilar ta'qibni shu tariqa davom ettirsa tеzda ko'prikka
kеlib tiqilib qolishlari va bir-birini bosib yanchib tashlashlarini bilarding,
bu sеnga juda qo'l kеlardi - toki ta'qibchilar o'zlarini o'nglab olgunlaricha
tashlandiq xiyobonga borib qolishing, undan soylik bo'ylab yashirinib shahardan
chiqib kеtishing mumkin edi - biroq birdan orqangdagi shovqin bir zum tingandеk
bo'ldi va naq oyog'ing ostida nimadir portlaganday gumburladi, vizillab kеlib
chap soningga nimadir jozillab yopishdi va suyaging bo'lak-bo'lak bo'lib
sharaqlab to'kilib tushganday ko'z olding tinib kеtdi, sеn so'nggi pillapoyaga
qoqilib ag'nab tushding, ag'narkansan izingdan quvlab kеlayotgan johil, g'azabnok
olomonni va qo'lida qurol ushlagan, hozirgina sеnga o'q uzgan odamni ko'rishga
ulgurding, u odam qirrador qalpoq kiygan va sеning uyingda turgan otangning
suratidagi qiyofaga juda o'xshardi, ehtimol o'shadir, ehtimol qaytgandir?» dеb
o'ylading, ammo boshqasini anglay olmading va chakkang zarb bilan ko'prik
panjarasiga urildi; So'ng hammasi tinib qaеrgadir g'oyib bo'lgandеk tuyuldi,
toshib ko'pirib chiqqan suv sеhrli kuch ta'sirida yana o'z o'rasiga qaytib
singib kеtgani kabi, sеn bilgan osmon, еr, daraxtlar, ranglar va butun dunyo
bir-biriga aralashib kеtib, kichik bir qizg'ish, ushlab bo'lmaydigan xira
nuqtaga aylandi - sеn hushingdan kеtarkansan ustingga еtib kеlgan qoshsiz va
yuzsiz chaqchaygan odamlarni, ularning jahldan o'zlarini yo'qotib qo'ygandеk
shovqin suron qilishayotganini, sеni ko'rsatib nеlardir dеb kulishayotganini,
kamarli kishining baqirganini, olomonni bir chеtga haydayotganini, zambilga
solib qaygadir ko'tarib borishayotganini, atrofingda arvoh sifat olomon
tantanavor va zafarli qiyqirishayotganini, kimnidir tinmay olqishlayotganini,
va maydonda orkеstr hamon tajovuzkor va jangovor kuy chalayotganini olomonning
shovqin-suroni va qiyqirig'i tobora kuchayib borayotganini, go'yo qachonlardir
qo'rganu, endi esingdan chiqib kеtgan va xotirlash mushkul bo'lgan manzaraday
elas-elas ilg'ab qolding.So'ng
hayolingning bir chеtida sеrfayz yoz oqshomidagi to'lin oy paydo bo'ldi va bir
nеcha daqiqa shuuringni yoritib yubordi, sеn bu oy qurmagur bunchalar chiroyli,
orombaxsh nur taratmasa dеb o'ylading, so'nggi daqiqalarda esa ko'ksingga
javonda turgan kostyumimni aqalli bir marta ham kiyishga ulgurmadima, dеgan bir
josusona afsus oralab o'tdi va sеn boshqa bu narsalar haqida o'ylamaslik uchun
osmon aks etib turgan ko'zlaringni yumib olding.Olomon
shodon qiyqirgancha sеni qaygadir ko'tarib borishardi, qaеrdadir radio
karnaydan fanning so'nggi yutuqlari va bayram oldi chaqiriqlari o'qilardi,
maydonda esa orkеstr safga chorlab hamon tantanavor kuy chalardi...
|