- Oyi,
nima qilyapsiz? Kech bo`ldiku uxlamaysizmi? Soat ham uchdan o`tibdi, hozir tong
otadi. Uxlay qoling, o`zizni qiynamang, ertaga kun yorug'ida birgalashib
tugatib qo`yamiz. - Qizim, sen uxlayver, men hozir bir pasda shuni tugataman-u
uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan, shuni tugatsak ertalab azonda topshirib,
puliga 2 ta yangi kelgan 'buxanka' non olib kelasan, xo`p qizim. Singling och
uxlab qoldida.... - Yo`q, oyi nega, kechqurun hammamiz yahshi ovqatlandikku! -
Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa sho`rva nima ham bo`lardi. O`qishingiz
kerak, hali yahshi inson bo`lasizlar, katta odam bo`lsanglar dasturxonimiz yana
to`kin bo`ladi, ha qizim? Singlingni och uxlab qolgani yahshi bo`lmadida,
uxlaganinglardan so`ng ikki, uch marta uyg'onib oyi non bormi, ozgina non
bering deb so`radi.... - ( Nima deyarimni bilmay qoldim, oilada 3 kishimiz, oyim,
men va singlim. U hali maktabga ham chiqmagan, aqli yetmaydida hali, oyimdan ko`p
narsa so`raydi, bilmaydida biz hamma kabi emasmiz. Dadamning o`zga yurtga
ishlagani ketib qaytib kelmaganini, oyimning tunlari uxlamasdan to`n qavib
chiqishlarini, bizni o`ylab siqilishlarini bilmaydida.... Bo`g'zimga o`t
qadaldi, oyim ohirgi bir necha kundan beri tuzukroq tuz ham tortmasdan,
uxlamasdan pul topish uchun harakat qilyaptilar, qani edi qo`limdan kelsa
yordam bera olsam.... O`tgan kuni yig'lab o`tirgan ekanlar, qo`llariga nina
kirib ketibdi, bu birinchi marta emasdi, qo`llari qavarib ketgan bu azoblardan.
Aslida, bizni o`ylab siqiladilar, shu uchun yig'laydilar, garchi, dadang
kelsalar hammasi yahshi bo`lib ketadi deb bizni ovutsalarda, o`zlarini o`zlari
aldayotganliklarini biladilar, biz ham bilamiz dadam endi kelmaydilar, o`tgan 5
yil ichida u yerlarda yangi oilali bo`lib ketibdilar. Ey Hudo, tezroq men ham
ulg'ayib oyimning og'irini yengil qilay).... - Singling yosh hali, uni xafa
qilma, u senga eng mehribon inson bo`ladi, sizlar ham anchadan beri yahshi
ovqat yemadinglar, ertalab yahshi nonushta qilib beraman, uxlay qol qizim.... -
( Ertalabki vaziyatni bir umr yodimdan chiqara olmayman, Oyim o`sha o`tirgan
joylarida, qo`llarida nina, tizzalari ustida to`nning yeng qismi, bir bo`lakkina
o`chay deb qolgan sham yorug'ida ko`zlari ochiq bir nuqtaga tikilib o`tirgandilar,
yugurib bordim, qo`llari muzdek, etim jimirlab ketdi.... Ohirgi ayta olgan so`zim
shu bo`ldi....) - Oyi, oyijon, ko`zizni oching. Men tez katta qiz bo`laman,
faqat iltimos, bizni tashlab ketmang....
|