Reklama uchun joy murojat uchun mirzayev-shavkat@mail.ru tel:+998 (91) 224 55 77

Четверг, 19.06.2025, 04:24

Siz kirdiz: Mehmon | Guruh: "Mehmon" | RSS
REKLAMA

Mini - ChaT
So'rovnoma
Do`stlariz ko`pmi
Всего ответов: 35
Biz bilan Aloqa
Sayt Admini:Shavkat

Sayt yurituvchilari:


Архив записей
Наш спонсор
Statistika
Проверка ТИЦ FastCounter
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Блог

Bosh sahifa » 2013 » Ноябрь » 06 » Bir qizimizning dildagi so`zlari.
16:43
Bir qizimizning dildagi so`zlari.

Bir qizimizning dildagi so`zlari. Soat tungi uch tush ko`rib uyg'onib, ketdim uyqum ochilib xovliga chiqdim, shu payt onam turib tinchlikmi qizim deb qoldi, tinchlik onajon dedimda yana qaytib xonamga kirdim, biroz ko`zlarimni yumdim lekin ko`zimga uyqu kelmadi. Tong yorishguncha ancha vaqt bor edi, shu payt xayolimga telefon keldi. Odnoklassniki saytimga kirdim odatda bu maxalda xecham kirmasdim.Xar safar ishga borishimdan oldin kirardim. Lekin xozir vaqtni o`tqazish uchun ayni payt edi. Kirganimda uchta noma turardi, lekin shu uchtadan bittasi meni o`ylantirib qo`ydi. Uning ismini o`rniga shunday so`z yozilgandi.. "TAQDIRIMGA MING LANAT" nimaga nomi bunday, biroz o`ylanib qoldimda, o`zidan so`rash uchun men xam unga salom deb jo`natvordim. U o`zini Sardor deb tanishtirdi, undan nima uchun bunday nom qo`ygani xaqida so`rab yozvordim. Javobini kutishga vaqtim yetmadi, chunki u bilan yozishib tong yorishganini sezmay qolibman. Tezda o`rnimdan turib, choy tayyorladim nonushta qilib bo`lgach ishga shoshildim yo`lda ketyabmanu xayolim, o`sha Sardorda edi ishga kelganimdan so`ng kechgacha saytimga, kirolmadim xar doim ish vaqtida kirmasdim, lekin o`sha kuni kirolmaganimdan biroz asabiylashdim ish tugashi bilan uyga shoshildim, xar safar uyga kelgach birinchi qiladigan ishim xovli supirish edi. Bu safar xonamga kirdimda saytga kirdim chunki meni u qo`ygan nom qiziqtirardi, qarasam o`n ikkita noma turibdi ochdim o`ntasi o`sha Sardordan ekan. U o`nta bir xil so`z yozgandi unda shunday so`z yozilgandi.. "afsus ming afsus" men nimaga afsus deb so`rasam, yana xuddi shu so`zni yozvordi.. "afsus ming afsus" balkim nimaga bunaqa nom qo`ygansiz deb so`raganim uchundir. Bilmadim lekin men boshqa bu xaqda so`ramadim, chunki notanish bo`lgan bu kimsa meni judayam qiziqtirib qo`ygandi. O`sha kundan boshlab meni xayotim, butkul o`zgarib ketdi, ishga xam o`z vaqtida bormasdim. Qayerda bo`lmiy u xaqda o`ylardim, meni butkul qalbimni egallab, o`ziniki qilib olgandi men uni so`zlarini sog'inardim, u xar doim umrbod sizi sog'inib yashiman derdi, xuddi mendan ancha olisda turadigandek, aslida biz bir shaxarda turardik, eng qizig'i u xech qachon uchrashaylik demasdi. U judayam sirli edi, men qachon ko`rishamiz degan so`ziga zor edim. Oradan yana bir necha oylar o`tib, nixoyat, u uchrashamiz dedi men bu so`zni eshitib sevinchim ichimga sig'may ketdi. Axir qanchalik kutgandim bu so`zni, butun jismimni xayajon egalladi u meni qayerga borishim kerakligini tushuntirdi men uyimdan shoshib chiqib o`sha aytilgan joyga bordim. Biroz kutganimdan so`ng kimdir qo`limdan ushladi men seskanib ketdim, u xech nima demay bir daraxtni tagiga yetakladi men uni o`sha ekanligiga shubxa qilmasdim, shuning uchun xam qarshilik bildirmadim, uni yuzlariga tiklar ekanman tasavvur qilganimdan ancha yoqimtoy edi. Qo`limdan ushlab turganida butun jismimni xayajon bosardi. U esa biror so`z demasdan jim turardi, men xayajondan nima diyishni bilmasdim, u shu xolatda xam menga tikilib, jim turardi nixoyat u qo`lidagi sumkasidan bir daftar bilan ruchka oldida, daftarga nimadir yozib, menga uzatdi unda ikkita so`z yozilgandi.. "ESHITOLMIMAN GAPIROLMIMAN" men bu so`zni o`qib ishongim kelmadi uni yuziga tikilar ekanman, mayusgina ko`zlari iltijo bilan boqardi, mendagi xayajon, o`rnini achinish egallagandi qaniydi sexrgar bo`lsam eshitirib, gapirtirolsam, sog'inchli so`zlarini eshitsam ming afsus lekin men bu borada ojiz edim. U biroz jim turdida yozgan so`zlarini tagidan yana yoza boshladi bu safar… "XECH KIMIM YO`Q YOLG'IZMAN" deb yozgandi men xam unga taskin berish uchun shunday so`zlar yozdim.. "SIZ MENI UMRIMDAGI BAXTIMSIZ" u bu so`zni o`qib bo`lganch biroz jim bo`lib qoldida lekin menga qarolmadi chunki uning ko`zidan yosh oqardi, bu sevinch yoshlari bo`lsada mening xam ko`zimdan yosh tinmasdi. Nimagaligini ikkimiz xam anglamasdik u meni yuzimga qarab ko`z yoshlarimni artib qo`ydi biroz ko`zlarimga tikilib turdida telefonini qo`liga olib o`z sayitiga kirib "TAQDIRIMGA MING LANAT" degan so`zlarni o`chirib o`rniga shunday so`zlarni yozdi. "XUDOYIMGA MING RAXMAT" mana shu uchrashuvdan so`ng men xayotimni unga bag'ishladim xozir esa …"MEN BAXTLIMAN...

Ko`rildi: 342 | Qo`shdi: BamBiR | Reyting: 0.0/0
Hamma kamentariyalar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]