U qizdan telefon raqamini, hech bo`lmasa, ish joyi yoki manzilini so`rashni unutgandi. Buning uchun qanchalar afsus chekmasin, endi befoyda edi. O`sha sohibjamol qizning go`zal chehrasi har daqiqada ko`z o`ngida paydo bo`laverardi. Avtobusda qiz uning yelkasiga boshini qo`yib uxlab qolganidagi hayajonli holatini o`ylab qolardi.Bir kun... Ikki kun... Uch kun... Yo`q, ortiq bu taxlit yashab bo`lmaydi.Uni topish kerak. Sevib qolganini aytish kerak. Lekin qanday qilib? Faqat ismini-yu tug'ilgan kunini bilsa? Keyin dizayner ekanligi ma'lum. Endi faqat qidirish kerak. Axir buni sevgi deydilar. Sevgi - bu taqdir... * * * Oradan 5 oy o`tdi... Xiyobonda, gavjum odamlar orasida telefonda kim bilandir suhbatlashib ketayotgan yigit kimgadir urilib ketdiyu telefoni qo`lidan tushib ketdi va chil-chil bo`ldi. Yigit telefon bo`laklarini yerdan oldi-yu jahl bilan o`sha insonga qaradi: - Ko`zizga qara.s... Siz?! Yigitning qarshisida 5 oydan beri qidirib topolmaydigan, o`sha, uning oromini o`g'irlab ketgan uzun sochli qiz turardi. Yigit uni o`sha xayrlashishgan kundan boshlab qidira-qidira hech topolmasdi. Internetdan, modalar uyidan, shaharning deyarli har bir hududidan uni qidirgandi. Lekin qiz haqida biron ma'lumot topilmasdi. Chunki qiz o`qirdi, dizaynerlik esa uning sevimli mashg'uloti edi xalos. Vaqt o`tgan sari yigit taqdiriga tan bera boshlagandi. Haya, taqdir... Mana u qizni yana yigitga uchrashtirmoqda edi. - Yaxshimisiz,- qizning yoqimli ovozi hayolini bo`ldi. - Endi, ha! - Telefoniz singani uchunmi? - Yo`q... Uni siz sindirganiz uchun. "Hecham o`zgarmabdi". Shu fikr har ikkisining hayolida paydo bo`ldi. - Uzr so`rayman, behosdan... To`g'risi, shoshib ketayotgandim... - Ha, bu shaharda ham hamma shoshadi. - Xatto poyezdlar ham... Yana o`sha vaqtlardagidek kulgu yangradi... - Taqdirni qarang, sizni 5 oy qidirib topolmagandim, uni o`zi bizni 5 soniya ichida uchratdi. Aytgancha, hali ham taqdiqga ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan keyin, ular chetroqdagi o`rindiqqa o`tirishgach qizdan so`radi. - Yo`q,- jilmaydi qiz. - Unaqada nima sabab aynan siz bilan bu taxlit uchrashib qoldik? - Bu tasodif... Yigit qizning shu 5 oy ichida uni unutib yubormaganligini sezdi. Har holda, uchrashganlarida, qiz aytgan "poyezdlar ham shoshadi" iborasi uni nimadandir umidvor qilardi. Shu kun yigit qiz bilan uzoq suhbatlashmadi. Lekin u qizning telefon raqamini oldi. Shu kun yigitning yuzida ulkan quvonch shukuhi porlardi. Har holda u qizning nima haqdadir chuqur o`yga tolib qolayotganini payqamasdi. U mast edi. Baxtdan mast edi... Qiz poyezdga kech qolgan kun avtobusdan tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi. Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni juda ajoyib o`tardi. Oilasi davrasida haqiqiy bayram qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib, charchagan ko`yi o`rniga yotarkan qiz bugungi sovg'alar ichida eng ajoyibini qo`liga oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu o`ziga juda yarashadigan, kelishgan yigitni o`yladi. Lablariga mayin tabassum yugurdi. Tumorni yostig'ining ostiga qo`yib qo`ydi-yu ko`zlarini uyquga yumdi. Ertasiga darsda o`tiribdi-yu hayoli o`zida emas. Poyezd, avtobus... "Nimalar bo`ldi menga? Bir kunda u haqda shuncha o`ylayapmanmi? Yo`q, men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin qiz nohaq edi. U yigitni sevib qolgandi. Har tunda yostig'i ostidagi tumorni qo`liga olib, shirin hayollar qilardi. Bu hayollar esa tobora uni yigitga qattiqroq bog'lab borardi. O`sha lahzalarda qiz yigit uni qidirayotganini sezardi, lekin hech narsa qilib bo`lmasdi. Kutish kerak. Faqat shu yo`l bor edi... 5 oydan so`ng... Qiz kunlar o`tib, yigitning kelmasligiga ishonch hosil qildi. Qayerdan ham kelardi. Balki butunlay unutib ham yuborgandir. Ayni shu vaqtlarda qizning oilasida uni uzatish haqidagi mavzu kun tartibida turardi. Qiz borgan sari bu talablarga rad javobini berishga qiynalardi. Oxiri hammasini ota- onasining ixtiyoriga tashlab qo`ydi. O`sha kunning o`zidayoq qizning uyidan sovchilar rozilik javobi bilan chiqib ketishdi... Ular ketishdi-yu qizni titroq bosdi. Xonasiga kirdi. Tumorni qo`liga olib yig'lab yubordi. Negaligini o`zi anglamasdi. Faqat yig'lagisi kelardi. Chunki u endi kelmaydi... Sovchilar bolalikdagi do`stidan edi. Juda yaxshi yigit, lekin... Nimayam qilardi? Taqdiri shunaqa ekan. Haya, taqdir... U yana kimnidir eslatib yubordi. O`sha kuni qiz to`yib yig'ladi. Bor hasrati ko`z yoshlarga qo`shilib yuragidan chiqib ketdi. Bugun qiz unashtirildi.
|