Biz bilan Aloqa
Sayt Admini: Shavkat
Sayt yurituvchilari:
|
Блог
Bosh sahifa » 2013 » Ноябрь » 06 » Buni taqdir deydilar (3 qism) DAVOMI
18:14 Buni taqdir deydilar (3 qism) DAVOMI |
Bugun qiz unashtirildi. Lekin yuragi hijil. Hamma baxt tilayapti. Qaydam? To`yni kuyovning ishlari tufayli 40 kundan keyinga belgilashdi. Qiz o`zini chalg'itishga urinardi. Xonasiga kirib har doimgidek qadrdon tumorni qo`liga oldi. Unga bir oz tikilib turgach yana joyiga qaytarib qo`ydi. "Yo`q, bugun uni qo`limda olib yuraman. Birinchi va so`nggi bor...",- qaror qildi qiz. Xiyobonda tumorni mahkam siqib shoshib ketardi.Keyin... Keyin urilib ketdi.Telefoni qo`lidan tushib sinib ketgan yigitga qaradi-yu qiz qo`lidagi tumorni qattiqroq siqdi... Telefon orqali suhbatlar... Uchrashuvlar... Hammasi chiroyli edi. Qiz ham hammasini taqdir izmiga tashlab qo`ydi. Chunki uning sevgisi shu qadar kuchli ediki, undan shunchaki ko`z yumib ketolmasdi. Har uchrashganlarida yana va yana qattiqroq bog'lanib borardi. Faqat yigit har uchrashganlaridan so`ng qanchalik baxtli kunlarning yaqinligi haqida o`ylardi, qiz esa yaqin kelayotgan iztirobli voqealarni his qilardi. Shuning uchun qiz hech kimga bildirmasdan ko`p yig'lardi... Oradan 20 kun o`tib yigit qizga sevgi izhor qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab yubordi. Yo`q, qiz ortiq faqat o`zini o`ylay olmasdi. Hammasini to`xtatish, ehtimol tugatish kerak edi. Uni quchib, yig'lama gulim deb shivirlayotgan yigitga e'tibor ham bermasdan yig'lardi qiz... O`sha kun qiz hammasini oyisiga aytdi. Oyisi esa dadasiga. Ota chuqur o`yga toldiyu qizini bir- necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi: - To`y bo`ladi! To`y bo`ladi... Yigirma kundan so`ng... Ertasiga yigit bilanuchrashgach qiz hammasini unga aytmoqchiydi.Lekin, yana ayta olmadi. Yigit ham qanaqadir mahzun kayfiyatda edi. U qizni uzoq bag'riga bosib turdi: - Yig'lama, azizam senga kulish yarashadi... "Nega yig'layapsan" deb so`ramadi ham... O`sha kun qiz yigitni so`nggi bor ko`rib turgandi. Ertasi kun qiz bu safar yigitga hammasini aytish uchun uchrashuv joyiga keldi. Lekin yigit kelmadi. Telefoni o`chirilgan. Ikkinchi, uchinchi kun ham. 4-kun yigitdan sms keldi: "Meni kechir... Menga xorijdan yaxshi ish taklif qilishdi. Bilasanmi, mening kelajak rejalarim ulkan. Bu rejada sen ham bor eding, ammo endi hammasi birdaniga o`zgarib ketdi. Afsusdaman. Baxtli bo`l..." Qiz o`qib ko`zlariga ishonmadi. Qayta-qayta o`qidi. "Siz bunday qilolmaysiz.." yig'lardi u. Lekin hammasi ravshan edi. Qiz u bilan o`tkazgan shirin 3 haftalik baxtli kunlarini bir-bir xotirladi. Sevaman degandi, endi tashlab ketdi. Alam bilan unga javob yozdi: - Sizga aytolmagan bir gapim bor: Meni turmushga berishyapti... Balki, kelajagizni o`ylab, to`g'ri qilgandirsiz. Ketavering... Umuman qaytib kelmang... Sizi ko`rishni istamayman. Yodizdami,menga yurakchali tumor sovg'a qilgandiz, omad keltiradi deb? Menga soxta yurak hadya qildiz-u haqiqiy yuragimni olib ketdiz o`ziz bilan. Sizga baribir rahmat. Menga nimalarnidir o`rgatdiz. Masalan, taqdirga ishona boshladim. Lekin taqdirlarimiz ayro ekan. Yana bir gapni sizga aytolmaganman: Sizi sevaman! Hm... Yomon bo`lsaizam, bildiz... Nafratlanaman ham... Sms yubordi-yu telefonini suvga otdi. O`rindiqda o`tirib ezilib yig'ladi. Hammasi tugadi... Qizning to`yi kuni ham keldi. Qiz xonasida ko`zguga qarab o`tirardi. Quloqlari ostida esa yigitning unga aytgan hamma gaplari bir- bir jaranglardi: "Poyezdga kech qolganimni kim omadsizlik dedi?" "Kul azizam, kulish senga yarashadi..." "Buni taqdir deydilar..."
|
Ko`rildi: 535 |
Qo`shdi: BamBiR
| Reyting: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|