Biz bilan Aloqa
Sayt Admini: Shavkat
Sayt yurituvchilari:
|
Блог
Bosh sahifa » 2013 » Ноябрь » 06 » Buni taqdir deydilar (5qismi) OXIRI
18:32 Buni taqdir deydilar (5qismi) OXIRI |
"To`ying muborak bo`lsin..."" Qiz yig'lab-yig'lab xatni o`qib tugatdi. Otasi qizini yupatdi: - U bugun Parijga uchib ketmoqchi. Bor qizim uni to`xtat... Qiz yig'lashdan to`xtab, otasiga qaradi. - Ko`chada taksi kutib turibdi. Ulgurishing kerak.Qolganini menga qo`yib ber,- otasi qo`lini avval yuragi ustiga keyin peshonasiga olib bordida kuldi,- axir buni taqdir deydilar... Qiz otasini quchoqladi: - Rahmat, dadajon... Keyin chopdi. U ketib qolmasligi kerak. Ketishga haqqi yo`q. Qo`lidagi bejirim tumorni mahkam siqib taksiga o`tirdi. Taksi aeroport tomon yo`l oldi. Qiz esa hamon ko`z yoshlarini to`xtata olmas va shivirlardi: - Iltimos, ketib qolmang, bir martagina mening ham iltimosimni bajaring... Taksi aeroportga yetib kelgach qiz shoshib ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga borishini bilmasdi. Aeroport ichida esa operatorlarning yo`lovchilarga turli murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib nazorat punktiga keldi. Qo`riqchilarning hay-haylashiga qaramay ichkarida o`tirgan qizdan shoshib so`radi: - Opajon, Parijga samalyot uchmadimi hali? - 347-reys bilan Toshkent-Parij yo`nalishida samalyot yarim soat oldin uchib ketdi. - ...,- qiz o`zini yo`qotib qo`ydi,- ketdimi? U yigitning kulib turgan holatini ko`z oldiga keltirdi. Lekin u chindan kechikkandi. Samalyot allaqachon uchib ketgandi. Qiz odamlar gavjum bo`lgan kutish zalidagi o`rindiqlardan biriga borib o`tirdi. "U ketib qoldi. Endi uni hech qachon ko`rolmayman..." - Iltimos, tumorimni qaytib ber,- yigitning ovozi eshitildi shu payt,- usiz samalyotga ham kech qoldim. Qiz yigitga qaradi. Qo`lida bilet, chamadon... Unga kulib qarab turardi. Qiz uning quchog'iga otildi. - Nega ketib qoldiz,- yig'lardi u. - Ketib qoldi deb kim aytdi? Yuragimni tashlab qayerga ham ketardim,- uning sochlarini siladi yigit. - Siz yomonsiz... - Hm. - Surbetsiz... - Hm. - Yana "hm"mi? - Hm. Ular kulib yuborishdi. Aeroportda esa hamma ularga qarardi. Qarayverishsin. AXIR BUNI TAQDIR DEYDILAR....
|
Ko`rildi: 439 |
Qo`shdi: BamBiR
| Reyting: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|