Biz bilan Aloqa
Sayt Admini: Shavkat
Sayt yurituvchilari:
|
Блог
Bosh sahifa » 2013 » Декабрь » 07 » Seni sevaman!"
|
Uylanaman
degach yigit bilann arazlashib qolgan qiz xomush uyiga kirib kelar ekan,
darvoza qarshisida turgan mashinaga va mashina ichida unga qarab turgan begona
yigitga e'tibor qilmadi. Tez-tez yurib o`z xonasiga kirib ketdi. Kravatiga o`tirdiyu,
ko`zlaridan tomchilayotgan yoshni sidirib tashladi. Qo`liga tel ini oldi.
Undagi yigitning jilmayib tushgan suratiga bir zum termulib qoldi. Keyin unga
sms yubordi: "Uni sevasizmi?" Yigit: "Ha" Qiz: "U
chiroylimi?" Yigit: "Juda ham" Qiz: "U sizga shunchalik
azizmi?" Yigit: "Jonimdek" Qiz: "U kim? Ismi nima?"
Yigitdan sms kelmadi. Uzoq vaqt kutib, yuragi qon bo`lib ketgan qiz eshik
ochilganida cho`chib tushdi va qo`lidan tel i tushib ketdi. Qizning onasi ekan.
Sekin kelib qizining yoniga o`tirdi va gap boshladi: "Qizim haligi kungi
sovchilar yana kelibdi. Adang o`zidan so`ra dedilar. Bizaga u yigit ma'qul bo`ldi.
O`qiganakan, oilasi ham yaxshi. Suriwtirdik, hamma maqtadi. Nima deysan
a?" Qiz javob berish o`rniga yig'lab yubordi. Ayni damda u yigitning
uylanyapman deganini o`ylardi. Ona qizini yupatdi: "Qiz bolaning taqdiri
bu, ko`ngil qo`yganing bo`lsa ayt. Bo`lmasa, sovchilar kutib turibdi. Manga
qolsa shulaga xo`p deyaqol!" Ona gapirgan sari qiz tinmasdan yig'lardi. U
ko`ngil qo`ygani uylanyotganligini qanday qilib aytish mumkinligini bilmasdi.
"Nega indamaysan axir? Bir nima desangchi!" Qiz birdan yig'lashdan to`xtadi:
"O`ziz bilasiz..." "Nima?" Qiz: "...siz nima desaiz
shu"... Qiz onasi chiqib ketgach yengil tortdi. U yuragida qasd oldim deb o`zini
yupatardi. "Buni men emas, siz xohladiz",- o`ylardi u. Qiz deraza
pardasi chetini tortib sovchilarning xursand holda ketishlarini tomosha qilib
turdi. Keyin kravatiga qaytib kelib o`tirdi. Shu onda uning hayolini sms ovozi
bo`ldi. Yigitdan sms kelgandi: "O`sha juda chiroyli, men jonimdek
sevadigan, men uylanishim mumkin bo`lgan yagona qiz SENSAN. Seni sevaman!"
Qiz sms ni 2 marta qayta o`qib chiqdi. Endi uning ko`z yoshlarini hech nima to`xtata
olmasdi . . . .
|
Ko`rildi: 864 |
Qo`shdi: BamBiR
| Reyting: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|